O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hukumat komissiyasi tadbirkorlar faoliyati bilan bog‘liq muammolarni o‘rganib chiqdi

2021-08-19 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik tartibga solish bo‘yicha Hukumat komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tijorat banklari, agentliklar va sug‘urta kompaniyalari rahbarlari qatnashdi. Viloyat darajasidagi mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari videokonferensiya orqali ishtirok etishdi.

Yig‘ilishning asosiy mavzusi mamlakatda tadbirkorlikni amaliy qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalari, xususan, biznesni moliyalashtirish va kreditlash masalalari bo‘ldi.

Yig‘ilishga valyuta siyosatini liberallashtirish chog‘ida milliy valyutaga nisbatan xorijiy valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq xarajatlardan zarar ko‘rgan 20 ga yaqin tadbirkor taklif etildi.

Har bir tadbirkor o‘z masalasini bayon etdi va ular komissiya a'zolari tomonidan batafsil ko‘rib chiqildi. Har bir muammoli masala bo‘yicha aniq yechimlar ishlab chiqildi hamda tegishli tijorat banklari rahbarlari mas'ul ijrochilar sifatida belgilanib, ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlari qayd etildi.

Korxonalar faoliyatini sog‘lomlashtirish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining rahbar xodimlarini har bir tadbirkorga bir yil muddatga biriktirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ularning vazifasi tadbirkorlarning faoliyatini “qo‘llab-quvvatlash” va yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda har tomonlama amaliy yordam berishdan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, uchrashuvda qatnashgan tadbirkorlar investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z savol va takliflarini berish imkoniga ega bo‘ldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться