O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zbektelekom” AK va Toshkentdagi Amity universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
2021-08-19 | Ta’lim
“O‘zbektelekom” AK va Toshkentdagi Amity universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumning asosiy maqsadi – tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, anjumanlar, seminarlar, akademik mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tkazishdan iborat.
Shu bilan bir qatorda, talabalarni o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish va universitet bitiruvchilarining keyingi amaliyotiga ko‘maklashish, AKT sohasida eng yaxshi xalqaro tajribani joriy etish, mazkur sohada kadrlar tayyorlash sifatini oshirish ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash lozimki, Toshkentdagi Amity universiteti tadqiqot, yaxlit rivojlanish, xalqaro korporativ tajriba va ilmiy mahoratga asoslangan yuqori saviyadagi ta’lim tajribasiga ega o‘quv muassasasi hisoblanadi. Universitet oliy ta’limning turli sohalarida, shu jumladan, axborot texnologiyalari, menejment, iqtisodiyot va turizm sohalari bo‘yicha bakalavr hamda magistratura bosqichlarida kasbiy yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini taklif qiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi