O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Venetsiya arxitektura biyennalesidagi O‘zbekiston milliy pavilonida ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilmoqda

2021-08-19 | Iqtisodiyot

24-31 avgust kunlari Venetsiya Xalqaro arxitektura biyennalesida O‘zbekistonning birinchi Milliy pavilonida Madaniyat va san’at rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan bir qator ma’ruzalar, davra suhbatlari hamda ochiq film namoyishi tashkillashtirilmoqda.

22-may kuni Venetsiyada o‘tkazilayotgan  17-Xalqaro arxitektura biyennalesida O‘zbekiston milliy paviloni o‘zining birinchi tashrif buyuruvchilari uchun o‘z eshiklarini ochdi. O‘zbekiston “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” loyihasi bilan o‘z debyutini nishonladi. Pavilon komissari – Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi. Loyihaning asosiy vazifasi – global madaniy makonda milliy ishtirokni kuchaytirish. Shu kungacha O‘zbekiston milliy paviloniga 20 mingga yaqin odam tashrif buyurdi.

Ko‘rgazma kuratorlari etib, Syurixdagi oliy texnika maktabining arxitektura va dizayn professorlari hamda “Christ & Gantenbein” 
asoschilari Emanuyel Krist va Kristof Gantenbeyn tanlandilar, shuningdek, loyiha dasturiga rassom va ovoz rejissyori Karlos Kasas hamda fotosuratchi va rassom Bas Prinsenlar ham taklif qilindi. Ko‘rgazma Venetsiyadagi 17-Xalqaro arxitektura biyennalesining mavzusi bo‘lmish “Qanday qilib birga yashaymiz?” savoliga o‘ziga xos tarzda javob beradi.

Loyiha mahallaning madaniy merosini tushunish va hujjatlashtirish zarurligi g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, u O‘zbekistonning madaniyat sohasidagi mutaxassislari va arxitektura bo‘yicha xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Fanlararo loyiha mahalla me’morchiligi va hayotining turli jihatlarini o‘rganishga asoslangan bo‘lib, O‘zbekistonning madaniy-me’moriy an’analarini ijodiy aks ettirishga qaratilgan keng qamrovli akademik tadqiqotlar va ifodali badiiy mulohazani birlashtirgan.

To‘plangan ma’lumotlarga va xorijiy mutaxassislarning keng doirasiga asoslanib, tashkilotchilar “Mahalla hikoyalari” deya nomlangan bir qator tadbirlarni o‘tkazishni ko‘zlashgan. “Mahalla hikoyalari” – bu “La Biennale di Venice” 17-Xalqaro arxitektura ko‘rgazmasida Madaniyat va san’at rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim va madaniy tadbirlar ketma-ketligi. Ushbu tadbirlarda nafaqat loyiha kuratorlari va rassomlari, balki taklif qilingan ma’ruzachilar ham spiker sifatida chiqishlar qilishadi.

24-avgust kuni O‘zbekiston pavilonida o‘tkaziladigan dasturni “Shodiyona”  o‘zbek an’anaviy karnay va surnaychilar musiqa ansambli ochib beradi hamda maqom ijrochisi Xushnud Solijonovga hamrohlik qiladi. Shu kuni maqomchi va musiqachilar bir vaqtlar mahallalardagi to‘y va boshqa bayramlarda ijro etilgan mumtoz o‘zbek milliy qo‘shiqlarini ijro etishadi.

Umuman olganda, O‘zbekiston pavilonidagi sessiyalar quyidagi mavzularda bo‘lib o‘tadi: kuratorlar Emanuyel Kristof va Kristof Gantenbeynlarning O‘zbekiston va mahallalar – ijod uchun ilhom manbai mavzusi, tabiat ovozi uchun harakatining konteksti va tarixiy zamiri, shuningdek, rassom va ovoz rejissyori Karlos Kasas tomonidan taqdim etilgan 70-yillarning boshidan to hozirgi kungacha bo‘lgan ovozli landshaft va dala yozuvlari namunalari va boshqalar.

O‘zbekiston paviloniga Italiyaning eng qiziqarli musiqachilari va ovoz texniklari Enriko Malatesta, Jovanni Lami va Glauko Salvonilarni ochiq sessiyaga taklif qilingan. Mazkur musiqachilarning ijro mahorati mavjud improvizatsiya, tovush tabiati, borliqda yangrashi va chuqur tinglash amaliyoti chegaralarini o‘zgartirib yuborish qobiliyatiga ega deb qaraladi. Shuningdek, shu kuni mahallalarda va uylarda yozib olingan tovushlarning perkussiyasi, shuningdek, musiqiy namunalar (sempllar) va elektronikadan foydalangan maxsus jonli improvizatsiya sessiyasi ham bo‘ladi. Mazkur sessiya pavilonga yangicha ovoz amaliyotini taqdim etadi.

Shuningdek, tadbirning yana bir  yorqin sahifasi sifatida Venetsiyaning qadimiy “Teatrino Palazzo Grassi” kinoteatrida “Mahallada duv-duv gap” filmining ochiq namoyishi hamda tarixchi va CNRS / CETOBAC Milliy tadqiqot markazi ilmiy xodimi Xloye Driyyu va rassom va kinorejissyor Saodat Ismoilova bilan bo‘ladigan suhbat kutilmoqda.

Quyida tadbirlarning batafsil jadvali bilan tanishishingiz mumkin:

https://www.mahallavenice.uz/events/sessions

Manba: O'zA

Поделиться