O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryoda harbiy xizmatchilar va chaqiriluvchilar ijodkor yoshlar bilan uchrashdi

2021-08-19 | Xavfsizlik sohasi

Mudofaa vazirligi tizimida harbiy xizmatchilarning keng jamoatchilik vakillari, xususan, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar bilan birgalikda turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuv hamda davra suhbatlari uyushtirishi an'ana tusiga kirgan.

Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi muosabati hamda O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab «Yangi O‘zbekistonda erkin va faravon yashaylik» shiori ostida «Men sevib o‘qiydigan adibning asarlari» mavzusida madaniy ma'rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Mudofaa ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi viloyat bo‘limi vakillari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi shoir va ijodkorlari, Termiz davlat universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali o‘qituvchilari, ijodkor yoshlar hamda Mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxasisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi chaqiriluvchilari ishtirok etdi.
 
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami munosabati bilan barchani tabrikladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться