O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Viloyat hokimi Bahodir log’on” paxta-to’qimachilik klasterida bo’lib, paxta ekishdan tayyor kiyimlar ishlab chiqarishgacha bo’lgan yagona texnologik zanjir shakllantirishni tezlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi

2021-08-19 | Iqtisodiyot

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona tumanidagi “Bahodir Log’on” paxta-to’qimachilik klasterida bo’lib, bu yerda paxta ekishdan to tayyor kiyimlar ishlab chiqarishgacha bo’lgan yagona texnologik zanjir shakllantirish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.

Klasterga qarashli to’qimachilik korxonasi yiliga 10 ming tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega. Yaponiya, Turkiya, Germaniya va Shveytsariyadan uskunalar keltirib o’rnatilib, ip-kalava ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. 580 kishining bandligi ta'minlangan, shundan 300 nafari yoshlar.

Joriy yil fevral oyida viloyatimizga tashrifi chog’ida ushbu korxonaga tashrif buyurgan davlatimiz rahbari xomashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirib, tayyor mahsulotlar turini ko’paytirish, eng muhimi, bozor topish zarurligini ta'kidlab o’tgandi.

Tashrifdan so’ng o’tgan qisqa davr mobaynida bu yerda mato to’qish, matoni bo’yash va pardozlash hamda tikuv-trikotaj liniyalari uchun yangi binolar qurish ishlari boshlanib, hozirda yakuniy bosqichga yetib keldi. Bugungi kunda qurilayotgan yangi yopiq binolarning umumiy maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bu uch yo’nalishda ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi natijasida 6140 ta yangi ish o’rni yaratiladi. 

Amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan viloyat rahbari, loyihani amalga oshirish muddatlari kechikayotganiga tanqidiy munosabat bildirdi. Xayrullo Bozorov qurilish ishlarini jadallashtirish, Prezidentimizning tashrif chog’ida bergan topshiriqlaridan kelib chiqqan holda yangi liniyalarni joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish hamda mahalliy aholi, ayniqsa yoshlar va ayollar uchun yangi ish o’rinlari tashkil etilishini ta'minlash bo’yicha o’z ko’rsatmalarini berdi.

Quva va Yozyovon tumanlari hududini qamragan “Bahodir Log’on” paxta-to’qimachilik klasteri dalalarida yillik 35 ming 500 tonna paxta yetishtiriladi. Viloyat hokimi ta'kidlaganidek, korxonada hozirda amalga oshirayotgan loyihalar o’z muddatida ishga tushirilsa, terilgan paxtani to’la qayta ishlab, yuqori qo’shilgan qiymatli raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ichki-tashqi bozorga yo’naltirish imkoniyati yaratiladi.

Manba: Fаrg’оnа vilоyati hоkimligi

Поделиться