O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti Germaniya Kansleri bilan mintaqadagi vaziyat rivojini muhokama qildilar

2021-08-19 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federal Kansleri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda yetakchilar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar hamda Afg‘onistondagi voqealarning rivojlanishi nuqtai nazaridan mintaqadagi joriy vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

Ushbu mamlakatda keskinlik va zo‘ravonlikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, afg‘on mojarosini siyosiy yo‘l bilan tartibga solishni xalqaro hamjamiyat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalarida ikki mamlakatning pozitsiya va yondashuvlari mos ekani alohida ta’kidlandi.

Fuqarolarni Afg‘onistondan aviatsiya transportida O‘zbekiston hududi orqali tranzit yo‘li bilan Germaniyaga evakuatsiya qilish bo‘yicha gumanitar operatsiyalarni amalga oshirishda yaqindan muvofiqlashuvni va faol idoralararo hamkorlikni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.

Mintaqadagi vaziyatning yanada rivojlanishi bo‘yicha oliy va yuqori darajadagi muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться