O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining kasallangan tarbiyalanuvchilarini salomatlik holati yuzasidan kunlik maʼlumot

2021-08-18 | Ta’lim

Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi yuzasidan (2021-yilning 17-avgust holatiga) quyidagilarni maʼlum qiladi.

Bugungi kunda tibbiyot muassasalarida jami 12 tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining holati o‘rta og‘ir, 8 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda, 1 nafar bolaning holati qoniqarli. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berib boradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Поделиться