O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harbiy texnikalarni vagonlarga yuklash bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulot

2021-08-18 | Xavfsizlik sohasi

Markaziy harbiy okrugning “Sazagan” dala-o‘quv maydonida Samarqand temir yo‘l bekati, shoxobchasi va aeroporti harbiy harakatlar tarkibiy bo‘limi tomonidan Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida harbiy texnika va harbiy yuklarni temir yo‘l harakatchan tarkibi (vagon)ga yuklash-tushirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulot avvalida harbiy xizmatchilar nazariy bilimlarni olgach, olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida zanjirli va g‘ildirakli bo‘lgan zirhli texnikalarni hamda avtomobillarni platformalar orqali vagonlarga yuklash-tushirish ishlari amalga oshirishdi. 

Mashg‘ulot davomida harbiy texnikalar siljib ketishining oldini olish maqsadida belgilangan tartibda mustahkamlash, texnikalarni tashishda niqoblash ishlari ham amalga oshirildi.
 
Mashg‘ulotning ahamiyatli jihati shunda bo‘ldiki, amaliy mashg‘ulotlarni joriy yilda oliy harbiy bilim yurtini tomomlagan yosh leytinantlar va yosh harbiy xizmatchilar ilk marotaba shaxsan o‘zlari bajarib, tushuncha va ko‘nikma hosil qilishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться