O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoro shahrida “ishga marhamat” monomarkazi ochildi

2021-08-18 | Jamiyat

Buxoro shahrida band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazi o‘z faoliyatini boshladi.  

Ushbu markazni tashkil etish uchun Buxoro shahridagi politexnika kasb-hunar kolleji binosi negizida loyiha asosida 14 mlrd. 500 mln. so‘m mablag‘ evaziga kapital rekonstruksiya qilindi. Qo‘shimcha tartibda monomarkaz Jahon banki mablag‘lari hisobidan mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 22 ta o‘qitiladigan kasblar (tikuvchi, ayollar va erkaklar sartaroshi, kosmetolog, oshpaz, qandolatchi, santexnik, elektrik, payvandlovchi, yuk ko‘taruvchi kran operatori, qurilish sohasi) bo‘yicha zamonaviy innovatsion raqamli texnik vositalar bilan jihozlandi. 

Monomarkazda kasbga tayyorlashdan tashqari, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni o‘rgatish kurslari tashkil etildi. Monomarkazning yillik o‘qitish quvvati 2 ming 150 nafar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda 650 nafar ishsiz va ish qidirayotgan shaxslar monomarkazda tashkil etilgan kasbga tayyorlash o‘quv kurslariga kasb-hunar o‘rganish uchun murojaat qilgan. Ayni paytda ularning 200 nafari ushbu markazda o‘qitilmoqda, kasb-hunar o‘rganmoqda. 

Qisqa aytganda, bu yerni o‘qib tugatganlar maxsus sertifikatni olgach, mutaxassisligi bo‘yicha jahonning eng ilg‘or va yetakchi ishlab chiqarish korxonalari va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.

Bugun, 17-avgust kuni markazning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov va hudud faollari ishtirok etishdi. 

So‘zga chiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, mehnatga layoqatli fuqarolarning mehnat qilish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish ustuvor masalaga aylandi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-avgustda qabul qilingan “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

— Xorijga ishga borayotgan aksariyat yurtdoshlarimizda biror kasb bo‘yicha yetarli malaka yetishmasligi sababli ular qiyin holatga tushib qolishmoqda, – deydi markaz rahbari Sadoqat Siddiqova. — Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish kerak. Monomarkazda buning uchun barcha sharoitlar bor. E’tiborli jihati, tadbirkorlik qilish niyatida bo‘lgan fuqarolarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar ajratishga ham ko‘maklashamiz.

Monomarkazda ishsizlar 22 ta kasb: 10 ta xizmat ko‘rsatish, 6 ta texnik, 3 ta qishloq xo‘jaligi, 2 ta qurilish va 2 ta raqamli texnologiya sohasidagi kasblar, bundan tashqari, 4 ta xorijiy tillar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitiladi. Kasblarning murakkablik darajasi asosida ishlab chiqiladigan o‘quv dasturlariga muvofiq o‘quvchilar 2 oydan 4 oygacha o‘qitiladi.

Monomarkazda shuningdek, joriy yilda ish qidiruvchi, tashkillashtirilgan tartibda xorijiy mehnat migratsiyasiga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar, nodavlat o‘quv markazlari bitiruvchilari va boshqa aholi toifalari uchun WorldSkitis standartlari asosida ishchi kasblar bo‘yicha kasbiy malakani baholash markazi tashkil etiladi. Kasbiy malakani baholash markazida ishchilarga malaka razryadini va mutaxassislarga malaka toifasini berish bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga diplom yoki sertifikat bilan birga WorldSkitis malaka pasporti beriladi.  

Yig‘ilganlar monomarkazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 

Manba: Buхоrо vilоyati hоkimligi

Поделиться