O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxgalteriya va audit sohasida xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassislar soni tobora ortmoqda

2021-08-17 | Iqtisodiyot

So‘nggi yillarda buxgalteriya va audit sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan kadrlar bilim va ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assosiasiyasi (Association of Chartered Certified Accountants — ASSA) o‘rtasida tuzilgan memorandum doirasida ma'lumotlar almashish bo‘yicha keng hamkorlik qilish nazarda tutilgan. 

Mazkur memorandumga muvofiq ASSA tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, ASSA talabasi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlarning umumiy soni 645 tani tashkil qilib, shundan 47 nafari ASSA a'zosi hisoblanadi. 

2021-yil 21-iyunda bo‘lib o‘tgan ASSA a'zoligi doirasida o‘tkaziladigan imtihonlarga 182 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 65 nafari aynan “Moliyaviy hisobot (F7)” ga imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA) olish doirasida o‘tkazilgan imtihonga jami – 188 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgan va 32 nafar nomzod muvaffaqiyatli topshirgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom”ga muvofiq buxgalteriya va audit sohasida o‘qiyotgan yoki faoliyat olib borayotgan talabalar, pedagog kadrlar va davlat organi xodimlariga buxgalteriya va audit sohasida xalqaro sertifikatga o‘qish va imtixondan o‘tish bo‘yicha xarajatlarni qoplab berish mexanizmi yo‘lgan qo‘yilgan. Ushbu loyixa doirasida bugungi kunga qadar 33 ta pedagog kadrlar va 39 ta talabalarning qariyb 247 mln so‘mga teng o‘qish va imtixon xarajatlari qoplab berildi.

Qo‘shimcha ravishda, MHXS bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan “Norma” Professional rivojlanish markazi bilan hamkorlikda tashkil qilingan ifrs.academy onlayn-platformasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” o‘quv kursi boshlanganligini va 2025-yilga qadar xar yili yangilangan holatda bepul foydalanish imkoniyati berilishini ma'lum qilamiz. 

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться