O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Farg’onadagi sobiq akvapark o’rnida zamonaviy turar-joy majmuasi qurilishi boshlandi
2021-08-17 | Hujjatlar
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg’ona shahrining Universitet ko’chasidagi sobiq Bolajon akvaparki o’rnida barpo etish rejalashtirilayotgan zamonaviy turar-joy majmuasi qurilishi loyihasi bilan joyida tanishdi.
2,5 gektar maydonda “Fergana siti stroy” MChJ tomonidan barpo etishga kirishilgan ushbu turar-joy mamjuasi 7-9 qavatli 13 ta turar-joy binosidan iborat bo’ladi. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, yangi uylardagi xonadonlarning katta qismining maydoni aholiga ipoteka krediti asosida sotib olishga qulay bo’lishligi uchun 50-60 kv. metrdan iborat bo’ladi. Majmuada qurilayotgan binolarning birinchi qavatida savdo va xizmat ko’rsatish shaxobchalari ham o’rin oladi.
Viloyat hokimi, loyiha bilan yaqindan tanishgach, qurilish ishlarini bir yil ichida yakunlash bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.
Manba: Fаrg’оnа vilоyati hоkimligi