O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘onada ham «Men g‘olib» shiori ostidagi musobaqalarga start berildi

2021-08-17 | Xavfsizlik sohasi

Farg‘ona dala o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilayotgan «Men g‘olib» shiori ostida tashkil etilgan armiya o‘yinlarining navbatdagi musobaqalariga start berildi.

Musobaqada harbiy okruglardan kelgan terma jamoalari ishtirok etmoqda. Tadbirda bayroqdor guruh kirib kelishi bilan boshlandi va Davlat madhiyasi tantanali yangradi. Shundan so‘ng, Mudofaa vazirligi tomonidan tayinlangan hakamlar va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari mas'ul ofiserlari, Jamoatchilik kengashi hamda faxriylar so‘zga chiqib, harbiy xizmatchilarni toblashda bu kabi musobaqalarning ahamiyatini ta'kidlab o‘tdi. Tadbirning badiiy qismida harbiy orkestr va xushovoz xonandalarning turli vatanparvarlik va sho‘x kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarga ko‘tarin kayfiyat ulashdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться