O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muzeylar — Мa'naviyat va Мa'rifat maskani

2021-08-17 | Xavfsizlik sohasi

Xalqimiz ma'naviy-ma'rifiy kamolotida, yoshlar dunyoqarashini o‘stirish, boy merosimizni asrab-avaylash, ilmiy asosda  o‘rganish, targ‘ib qilish, milliy g‘urur va iftixor, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda muzeylarning ahamiyati beqiyos.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Oliy harbiy ta'lim muassasalarini tamomlab, Surxondaryo viloyati hududida joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilishni boshlagan yosh ofiserlarning yig‘ini “Termiz” dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tmoqda.
 
O‘quv yig‘ining dam olish kuni rejasiga asosan yosh ofiserlarimiz erta tongdan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan “Arxeologiya” va “Tarix va madaniyat” muzeylariga shu bilan birgalikda Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.
 
Muzeylar ma'naviyat va ma'rifat maskani hisoblanadi. Shunday ekan, xalqimizning, ayniqsa, yoshlarning muzeylarga ko‘proq tashrif buyurishlarini ta'minlash soha xodimlari hamda mutasaddi tashkilotlar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Men o‘zim tarixga qiziqishim juda ham yuqori bo‘lganligi sababli yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ularga muzeylar haqida hamda buyuk bobokalonlarimiz hayoti va ijodi to‘g‘risida savollar berib turaman natijasida ayrim yoshlarimiz umuman bormaganliklari va hatto, yurtimizda ana shunday muzeylar borligini bilmasliklari ma'lum bo‘ldi. Bunday holat esa targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirishni talab etadi, deydi Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Alisher Shirinov.
 
Ushbu muzeylarga sayohatni tashkil qilishdan asosiy maqsad yosh ofiserlarimiz O‘zbekiston Respublikasining barcha jabhalarida tug‘ilib o‘sganlar va ular ushbu muzey va ziyoratgoxlar to‘g‘risida faqatgina kitoblarda o‘qib o‘rganganlar, shuning uchun ularda ushbu kun esda qolarli kun va shu bilan birgalikda xizmatlari mobaynida o‘z qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni ham ekskursiyalar tashkil etishsa ajabmas.
 
Ekskursiya davomida yosh ofiserlarimiz Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgoxiga tashrif buyurdilar va u yerda Termiziy bobolarimiz to‘g‘risida ma'lumotlarga ega bo‘lishib ularni xotirlab duolarga qo‘l ochdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться