O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy soha obektlarini ko‘mir bilan ta'minlash rejasi muddatidan oldin bajarildi

2021-08-17 | Iqtisodiyot

2021/2022 yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika ijtimoiy soha ob'ektlarini ko‘mir bilan ta'minlash rejasi “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan muddatidan 15 kun avval bajarildi. Byudjet iste'molchilariga rejadagi 450 ming tonna ko‘mir yoqilg‘isi hududlardagi ko‘mir omborlariga to‘liq yuklab yuborildi. Bu o‘tgan yilgi rejaga nisbatan 35 ming tonnaga ko‘pdir.

Shu munosabat bilan 2021-yilning 16-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan Energetika vazirligi bilan hamkorlikda “Angren ko‘mir koni”ga press-tur o‘tkazildi. “O‘zbekko‘mir”AJ tomonidan joriy yilda tasarrufdagi konlardan 4,45 mln tonna ko‘mir qazib olish, iste'molchilarga 4,8 mln tonna ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan. Jumladan, issiqlik elektr stansiyalariga – 3,3 mln tonna, aholiga – 985 ming tonna, ijtimoiy soha tashkilotlariga – 450 ming tonna, iqtisodiyotning real sektoriga – 0,1 mln tonna.  
 
Yilning o‘tgan yetti oyi davomida konlardan 2,6 mln tonna ko‘mir qazib olindi. Bu rejaga nisbatan 100,4 foizni tashkil qiladi. 16 avgust kuni ijtimoiy soha ob'ektlariga mo‘ljallangan ko‘mirning so‘nggi tonnalari vagonlarga yuklanadi.
 
Iste'molchilarga ko‘mir yetkazib berish uchun yoqilg‘ini qazib olishning o‘zi kifoya qilmaydi. Ko‘mirni saralash, yuklash, jo‘natishdek murakkab jarayonlar ham borki, ularni takomillashtirmay turib, iste'molchini rozi qilish mumkin emas. 
 
“Angren” ko‘mir konida masalaning ana shu jihatiga ham alohida e'tibor qaratila boshlandi.
 
16-bo‘limda yangi ko‘mir yuklash punkti qurib ishga tushirildi. Natijada byudjet tashkilotlari uchun sutkasiga 5 ming tonnagacha yoqilg‘i yuklash imkoniyati vujudga keldi.
 
Mutaxassisning gaplariga ko‘ra, shu paytgacha konda atigi ikkita ko‘mir yuklash punkti mavjud bo‘lib, barcha iste'molchilarga mahsulot ana shu punktlardan yuklanar edi. Bu hol ish jarayonida tig‘izlikni keltirib chiqarar, boz ustiga mahsulot konveyerdan-konveyerga o‘tib, sifatiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatar edi. 
 
Yuklash jarayonidagi yangilikning afzalligi shundaki, ko‘mir zaboydan avtomobil' transportida yangi punktga olib kelinmoqda va to‘g‘ridan-to‘g‘ri vagonlarga yuklanayapti. Bunda vaqt tejalmoqda, mahsulot sifati ham yaxshi saqlanadi.
 
E'tiborlisi, yangi punktda ko‘mir faqat ijtimoiy soha ob'ektlari va aholi ehtiyojlari uchun yuklanadi. Bu esa, vagonlarning uzoq turib qolishining oldini olmoqda va iste'molchilar uchun mahsulotni o‘z vaqtida yuklab jo‘natish imkonini bermoqda.  
 
Ko‘mir konida kon texnikalaridan unumli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish ham belgilangan rejalar bajarilishida muhim omil bo‘lmoqda. 
Ko‘mir mahsuloti iste'molchilarga “Ko‘mir ta'minot” mas'uliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi 96 ta hududiy ko‘mir omborlari orqali tarqatilmoqda.  Joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlariga respublika vazirliklar va idoralari, mahalliy hokimliklar ham bu gal har qachongidan ko‘ra barvaqt kirishdilar. Natijada byudjet tashkilotlari bilan ko‘mir mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan vagonlar o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.
 
Energetika vazirligi ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha hukumat tomonidan tasdiqlangan rejalarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishi uchun barcha zarur yordamlarni ko‘rsatmoqda. Natijada respublika umumta'lim maktablarini 241,5 ming tonna, maktabgacha ta'lim muasasalarini 87,8 ming tonna, sog‘liqni saqlash muassasalarini 64,8 ming tonna, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasasalarini 6,3 ming tonna, madaniyat muassasalarini 6,3 ming tonna, turizm ob'ektlarini 3,7 ming tonna ko‘mir bilan 1-sentyabrga qoldirmay, muddatidan avval to‘la ta'minlashga erishildi. 
 
Ayni kunlarda respublika aholisini ko‘mir bilan ta'minlash ishlari ham boshlab yuborildi. Joriy yil kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisiga 985 ming tonna ko‘mir yetkazib beriladi. Aholi uchun mo‘ljallangan ko‘mirning 705 tonnasi mahalliy, 280 ming tonnasi import ko‘mirni tashkil etadi.
 
Press-tur davomida jurnalislar “Angren” ko‘mir konida bo‘lib, ko‘mir qazib olish, saralash, yuklash va jo‘natish jarayonidagi yangiliklar bilan tanishtirildi. 

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться