O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Singapurlik investorlar O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda

2021-08-16 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida “Western International New Building Materials” yirik Singapur qurilish kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.Voitov va Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov ishtirok etdi.

O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarishda Singapur kompaniyasining investitsiyaviy faoliyatini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, kompaniya hozirda klinker sement ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish imkoniyatlari ustida ish olib borayotgani ma'lum qilindi.

O‘zbekiston tomoni ushbu sohaning investitsiyaviy va sanoat salohiyati haqida batafsil ma'lumot berdi. O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarishga iqtisodiy o‘sish drayverlaridan biri sifatida alohida e'tibor qaratilayotgani va shu sababli Singapur kompaniyasi ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani ilgari surishni jadallashtirish va yuzaga kelayotgan masalalarni zudlik bilan hal etish maqsadida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться