O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoro viloyati Vobkent tumanida “Qo‘ng‘irot” pochta aloqa bog‘lamasining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi
2021-08-16 | Siyosat
Buxoro viloyati Vobkent tumanida “O‘zbekiston pochtasi” AJning Buxoro filialiga qarashli “Qo‘ng‘irot” pochta aloqasi bog‘lamasining qayta ta’mirlangan zamonaviy va yangi binosi ishga tushdi.
Prezidentimizning “Pochta aloqasi sohasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bugun joylarda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati hamda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamkorligida yangi xizmat turlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Yangi pochta binosida ko‘pgina qulayliklar yaratilgan bo‘lib, aholi uchun barcha turdagi pochta xizmatlari bilan birga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (my.gov.uz) 33 turdagi elektron xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi