O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vazirligi xodimlariga xorijiy tillarni o‘qitishni yo‘lga qo‘ydi

2021-08-16 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida xorijiy tillarni ommalashtirishni samarali tashkil etish va xodimlar salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ma'lumki, joriy yilda xorijiy tillarni o‘rgatishni yanada ommalashtirish va aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son “O‘zbekiston Respublikasida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda davlat xizmatchilari tomonidan xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirish hamda davlat organlarini yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida davlat organlarida xodimlarni xorijiy tilga o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yish va 2022-yildan boshlab davlat organlariga ishga qabul qilish, shuningdek xodimlarning xorijiy tilni bilish malaka va ko‘nikmalarini mukammallashtirib borish  nazarda tutilgan. 

Moliya vazirligi xodimlarini xorijiy tilga o‘qitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadidagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi bilan hamkorlikda xorijiy tillarni o‘rganish istagini bildirgan xodimlar uchun davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatining rasmiy qismini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Raximova Gulnora Xashimovna ochib berdi. U o‘z so‘zida, Moliya vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xorijiy tillarni o‘rganish va o‘zlashtirish borasidagi qiziqishlarini, malakalarini oshirib borishni doimiy rag‘batlantirib borish, shuningdek, tashkilot faoliyatida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, umuman, O‘zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borishida vazirlikning roli va mavqeini oshirishga xizmat qilishi haqidagi fikrlarini bildirdi. 

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktor o‘rinbosari Xusanov Azimjon Nozimjonovich ham so‘zga chiqib, agentlikka qo‘yilgan talablar, vazifalari va til o‘rganishning afzalliklari to‘g‘risida ma'lumot berdi. Shuningdek, tashkil etilayotgan o‘quv kurslarining dasturi hamda o‘qitish metodlari bilan tanishtirdi. 

Agentlikning xalqaro toifadagi o‘qituvchisi Kabilov Shahzod tadbir ishtirokchilarini Xalqaro IELTS, KAT, PET testlari va ularni muvaffaqiyatli topshirish sirlari bilan tanishtirib o‘tdi. 

Tadbirning amaliy qismida xodimlarni til bilish darajasini aniqlash va guruhlarga ajratish uchun test sinovi (testing) hamda suhbat (speaking) o‘tkazildi.

Ushbu test va suhbat natijalari e'lon qilingandan so‘ng Moliya vazirligi tizimi xodimlarining til bilish darajasidan kelib chiqib kurslar va “speaking club”lar tashkil etiladi. 

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться