O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi xorijiy tillarni o‘zlashtirish sohasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi

2021-08-16 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Memorandumni imzolash orqali tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarining xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirish hamda vazirlikni yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek, ular orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkillashtirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Mazkur kelishuvga muvofiq, xodimlarni xorijiy tilga o‘qitish amaliyotini joriy qilish, tizimga ishga kiruvchilar uchun o‘qitishning intensiv kurslarini tashkil etish, seminar-treninglar va mahorat darslarini o‘tkazish, ikkitomonlama tajriba va ma'lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi asosiy yo‘nalishlar belgilab olindi.
 
Vazirlik xodimlariga xorijiy tillarni o‘rgatishdan maqsad tashkilot faoliyatida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, umuman, O‘zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borishida vazirlikning roli va mavqeini oshirishga qaratilgan.

Mazkur memorandum Moliya vazirligi xodimlarining xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishlari va ilmiy salohiyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться