O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chirchiqda Havo floti kuni munosabati bilan Harbiy havo kuchlari aviashou namoyish etdi

2021-08-16 | Xavfsizlik sohasi

Mamlakatimizda har yili avgust' oyining uchinchi yakshanbasida “Havo floti kuni” nishonlanishi an'ana tusiga kirgan. Ushbu sana oldidan Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan Toshkent harbiy okrugi “Chirchiq” poligonida aviashou o‘tkazildi.

Aviaparvozlarda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Ahmad Burxanov ham ishtirok etish barobarida uchuvchilarning manyovrlarini kuzatib bordi. Tadbirda so‘z olganlar soha rivoji, ushbu yo‘nalishda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar xususida to‘xtalib, soha fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi. 

Ta'kidlash joizki, so‘nggi yillar davomida HHM qo‘shinlari va HHK o‘zining professional mahoratini muvaffaqiyatli mukammallashtirdi. Shaxsiy tarkib tomonidan yangi va zamonaviy zenit raketa komplekslari, ko‘p maqsadli vertolyotlar, zamonaviy harbiy-transport samolyotlari o‘zlashtirildi, taktik aviasiya parki ta'mirlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться