O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston armiyasining qariyb 100 foizi koronavirusga qarshi emlanib bo‘ldi

2021-08-13 | Xavfsizlik sohasi

Bugungi kunda Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari jadal olib borilmoqda. Emlash ishlari Mudofaa vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, harbiy gospitallar, harbiy qism va muassasalar tibbiyot xizmatlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Emlash ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalar tibbiyot xodimlaridan 647 nafar vaksinatorlar tayyorlandi, shuningdek, tibbiyot punktlarida 81 ta emlash punktlari, Markaziy harbiy klinik gospitali, Markaziy shifoxona va harbiy gospitallarda 8 ta emlash brigadasi tashkil etildi. Shtatida tibbiyot xizmati, tibbiyot xizmatining shifokor lavozimi bo‘lmagan harbiy qism va muasasalarning shaxsiy tarkibi harakatdagi emlash brigadalari tomonidan emlash ishlari olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
 
Emlashda asosan ZF-UZ-VAC-2001 xitoy-o‘zbek vaksinasidan, shuningdek “Sputnik V”, Moderna vaksinalaridan foydalanilmoqda.
 
Bugungi kunga kelib Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining 94,7 foizi — 1-bosqichda, 91,6 foizi — 2-bosqichda, 61,1 foizi esa 3-bosqichda emlandi.
 
2021-yilning avgust oyidan boshlab Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini emlash yo‘lga qo‘yildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться