O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tatariston Turizm davlat qo'mitasi raisi O'zbekistonning turizmni rivojlantirishga doir tajribasini o’rganishga qiziqish bildirdi

2021-08-12 | Turizm

Tatariston Respublikasi Turizm davlat qo‘mitasi raisi Sergey Ivanov 11-avgust kuni O‘zbekistonga tashrif buyurib, Bosh vazir o'rinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi.

Turizm va sport vazirligida o’tgan uchrashuvda Aziz Abduhakimov mehmonlarni mamlakatning sayyohlik salohiyati, sohani rivojlantirish borasida Hukumat tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar, turistik infratuzilmaga investitsiya kiritish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. 

Mehmonlar pandemiya davrida O'zbekistonda turizm biznesini qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'rilgan choralar, soha ishtirokchilari uchun keng ko'lamli imtiyozlar va kredit-moliyaviy vositalar mamlakatimizda turizm sohasining jadal tiklanishiga turtki bergani ularning alohida diqqatini tortganini ta’kidlashdi.  

Tatariston delegatsiyasi, shuningdek, sayyohlar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan  "Uzbekistan. Safetravel GUARANTEED" sanitariya-epidemiologiya xavfsizlik tizimi chora-tadbirlari bilan tanishdi. Mehmonlar O'zbekistonning turistik politsiyasini tuzish, uni texnik jihozlash va ularning bajaradigan ishlariga alohida qiziqish bildirishdi.

S. Ivanovning fikriga ko'ra, O'zbekiston sayyohlar tashrif buyuradigan eng xavfsiz mamlakatlardan biri bo'lib, mamlakatning boy sayyohlik salohiyati, ko'plab me'moriy yodgorliklari, milliy taomlari, turizm turlari va xizmatlar xilma-xilligi uni dunyoning turistik markazlaridan biriga aylantiradi. 

“So‘nggi bir necha yilda, ya’ni pandemiyaga qadar O‘zbekiston turistik oqimini juda tez sur’atlarda oshirishga muvaffaq bo‘ldi va biz uchun bunday tajribani o‘rganish qiziq. Shu bilan birga, turizm qishloqlari, ovullari va mahallalarini yaratish tizimi bizda katta qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning turizm politsiyasi faoliyati bilan bog‘liq tajribasini o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik”, - deydi S.Ivanov.

Tomonlar, shuningdek, O'zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi, jumladan Samarqanddagi "Ipak yo'li" xalqaro turizm universiteti faoliyati va turizm sohasidagi xalqaro ta'lim yo'nalishidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar natijasida O'zbekiston va Tatariston o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, o'zaro sayyohlar oqimini ko'paytirishga doir amaliy choralar ko'rish to'g'risida kelishuvga erishildi.

Shundan so'ng Tatariston Respublikasi Vakolatxonasining Toshkent shahridagi binosida Tataristonning sayyohlik salohiyati taqdimoti va S.Ivanovning O'zbekiston sayyohlik biznesi vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'zbekiston va Tatariston turizm sektori o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

Tatariston Respublikasi delegatsiyasining O’zbekistonga tashrifi davom etmoqda. Ayni damda mehmonlar Buxoro viloyatining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться