O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chiqindilarni qayta ishlash tizimini xorij tajribasida takomillashtirish

2021-08-12 | Ekologiya

2021-yil 12-avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Janubiy Koreyaning atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

«O‘zbekiston Respublikasida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha bosh rejani ishlab chiqish» loyihasi doirasida yurtimizga KEITI Bosh direktori Ki Xun Song boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan muloqot chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni yanada kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov o‘zaro samarali hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish maqsadida Jizzax shahri markaziy poligoni hamda Zomin tumani poligonlarida chiqindilarni qayta ishlash tizimi takomillashtirish bo‘yicha mo‘ljallangan yangi investitsion va grant loyihalarining dolzarb ahamiyati xususida so‘z yuritdi.

Bo‘lajak qo‘shma loyihalar kontseptsiyasini yakunlash maqsadida KEITI delegatsiyasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Jizzax shahri markaziy poligoni hamda Zomin tumani poligonlarida bo‘lishi rejalashtirilgan. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться