O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatida uzum ko‘chatlari yetishtirish uchun 2 ta “In-vitro” laboratoriyasi tashkil etiladi

2021-08-12 | Jamiyat

Qibray tumanida Prezidentimizning 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Unda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, turli vazirlik va idoralaridan mas’ul rahbarlar, uzumchilikka ixtisoslashtiriladigan Parkent, Piskent va Qibray tumanlaridan uzumchilik tarmog‘i mutaxassislari ishtirok etdi.  

Qayd etilganidek, uzum yetishtirish, uni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha klaster tizimini yo‘lga qo‘yish, alkogol bozorini tartibga solishning samarali mexanizmlarini keng joriy etgan holda respublikani sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, sohaning eksport salohiyatini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.

 Tadbirda mutasaddilar tomonidan prezidentimizning qarori mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Xususan, viloyatda 2021-2024 yillarda qo‘shimcha 11 ming 13 gektar, shundan fermer va klasterlarda 8 ming 963 gektar, aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklarida 2 ming 50 gektar uzumzorlar barpo etish belgilangan.

Viloyatda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish, uzum yetishtirish, uni qayta ishlash, eksport salohiyatini oshirishda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, sohada klaster tizimini joriy etish hamda aholi xonadonlarida uzum yetishtirishni keng yo‘lga qo‘yish borasida vazifalar ko‘rib chiqildi. Hozir hududdagi barcha toifa xo‘jaliklarida jami 16,5 ming gektar tokzorlar mavjud bo‘lib, shundan 5,7 ming gektar xo‘raki, 5,6 ming gektar kishmishbop va 5,1 ming gektar sanoatbop tokzorlar mavjud.

Qarorga asosan, Parkent tumanida 5 ming 13 gektar, Qibray, Piskent tumanlarida 3 ming gektar uzumzorlarni barpo etish rejalashtirildi. Mazkur sa’y-harakatlar natijasida viloyatda barcha toifadagi tokzorlar maydoni 27 ming 500 gektarga yetadi. Uzum hosildorligini 2 barobarga oshirib 350 ming tonnaga yetkazib, shundan 170 ming tonnasini eksportga chiqarish va kamida 40-50 ming nafar aholi bandligini ta’minlashga erishiladi.

Misol uchun, 2021-yilning kuz va 2022-yilning qish, bahor oylarida Parkent, Qibray tumanlaridagi korxona va tashkilotlar tomonidan tuzilgan klasterlarda eksportbop yangi uzum plantatsiyalari tashkil etiladi. Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklari, klasterlar va aholi xonadonlarini sifatli uzum ko‘chatlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida, viloyatda qo‘shimcha kamida 2 ta “In-vitro” laboratoriyasi tashkil etiladi.  

Shundan kelib chiqib, 2021-2022-yillarda yangidan tashkil etilayotgan uzumzorlardan olinadigan hosilni hisob-kitob qilib viloyatda yirik hajmli muzlatkichli omborxonalar, quritish omborlari ishga tushiriladi.

Tadbirda uzum ko‘chatlarini yetishtirish, agrotexnik tadbirlarni olib borish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, soha yangiliklari, viloyatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z bordi.

Seminar ishtirokchilari “Obodkonxor” MCHJda tashkil etilgan zamonaviy uzumzor bilan tanishdi.

Manba: O'zA

Поделиться