O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqanddagi harbiy qismda O‘tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligi nishonlandi

2021-08-12 | Xavfsizlik sohasi

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 2-dekabrda O‘tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida imzolagan qarori yuzasidan joylarda adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Xoshimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab, taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va san'atkorlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar va davra suhbatlari tashkillashtirilib o‘tkazilmoqda.
 
Mudofaa vazirligiga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan harbiy qismlarning birida yozuvchining hayoti va asarlariga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
 
Uchrashuvda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, adabiyot o‘qituvchilari hamda ijodkorlar ishtirok etdi. 
So‘zga chiqqanlar tomonidan o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan atoqli adib va jamoat arbobining ijodiy merosi bugungi kunda yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarda nechog‘liq qo‘l kelayotgani ta'kidlab o‘tildi.
 
Shundan so‘ng, yig‘ilganlar tomonidan harbiy qism kutubxonasining adib asarlari asosida yaratilgan burchagida O‘.Hoshimov kitoblari to‘g‘risida mulohazalar yuritildi.
 
Tadbir davomida shoirning kitobxonlar qalbidan joy olgan durdona asarlaridan parchalar o‘qilishi barchada iliq taassurot qoldirdi

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться