O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg’onada aholi murojaatlari bilan ishlashda yangicha tizim hech bir murojaat e'tibordan chetda qolmasligi kerak

2021-08-11 | Siyosat

Bugun, 11-avgust kuni viloyat hokimligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari masalalariga qaratilgan videoselektor tarzidagi seminar-trening bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimlari, viloyat hokimi o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Abduhoshim Abdullayev, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaatlar bilan ishlashga mas'ul xodimlar qatnashdilar.

Joylardagi studiyalardan esa shahar va tumanlar hokimlari va ularning o’rinbosarlari, tumandagi sektor rahbarlari va tashkilot boshliqlari ishtirok etdilar.

Joriy yilning 23-iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida davlatimiz rahbari murojaatlar bilan ishlashni yangi pog’onaga ko’tarish, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyilini hayotga tadbiq etishda muhim vazifalarni ilgari surgan edi. Bugungi amaliy seminar mazkur vazifalar ijrosini sifatli ta'minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda aholi murojaatlari bilan ishlashda e'tibor qaratish zarur bo’lgan jihatlarga alohida to’xtalib o’tildi. Murojaatlarni qayta o’rganish davomida yuzaga kelayotgan muammolar, ayrim tushunmovchiliklar, ularni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Aholi murojaatlari bilan ishlashdagi dolzarb muammolar, murojaatlar bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish hamda “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to’g’risida”gi Qonun hujjatlari talablari yuzasidan ma'ruzalar tinglandi.

Seminarda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini o’z vaqtida ta'minlash bo’yicha amaliy ko’rsatmalar berildi.

Manba: Fаrg’оnа vilоyati hоkimligi

Поделиться