O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sifat standarti bo‘yicha xalqaro sertifikat nima beradi

2021-08-11 | Siyosat

Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati samaradorligi, muhimi, xalqni rozi qilishi muhim ahamiyatga ega.

Bu bejiz emas. Chunki davlat tashkilotlariga yuklangan funksional vazifalarni aniq belgilash hamda ularning lozim darajada bajarilishini nazorat qilishda, avvalo, mazkur vazifalarga erishilishining asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlarini belgilab olish zarur.  

Shunga ko‘ra tashkilotlar o‘z faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy qilishi maqsadga muvofiq.  

Adliya vazirligi ushbu masalaga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. O‘zbekistonda davlat boshqaruv organlari orasida birinchi bo‘lib ushbu tashkilot Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritgan edi.

Endi esa Adliya vazirligi “ISO 9001 sifat menejmenti tizimi” xalqaro standarti sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Bu faoliyat samaradorligining aniq ko‘rsatkichlarini belgilab olish hamda ish jarayonlarni standartlar asosida tashkil qilish, vazifalar sifatli bajarilishini baholash tizimi hisoblanadi.  Adliya vazirligi bu standartni nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo davlatlardagi vazirliklar orasida birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritdi.  

Mazkur standart nufuzi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bugungi kunda 170 dan ortiq mamlakatdagi 1 milliondan ortiq firma va tashkilot ushbu sertifikatga ega bo‘lgan.

Ushbu sertifikatni qo‘lga kiritish uchun Adliya vazirligida nimalar amalga oshirildi?

Birinchidan, Adliya vazirligining ish faoliyati jarayonlari  va ularning natijasini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, har yarim yillik yakuni bo‘yicha vazirlik ish faoliyati jarayonlari va ularning natijalari oldindan belgilangan mezonlarga ko‘ra baholab boriladi.

Ikkinchidan, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar belgilab olindi. Mazkur ko‘rsatkichlarga erishilishi holati har hisobot davrida monitoring qilib borilmoqda.  

Uchinchidan, Adliya vazirligining ish faoliyatini amalga oshirishda tashqi va ichki imkoniyatlar va xavf-xatarlar, manfaatdor tomonlar va ularning talablarini aniqlashtirish bo‘yicha tahlil o‘tkazilib, faoliyat sifatiga ta’sir qiluvchi xavf-xatarlarni kamaytirish va sifatni yanada oshirish bo‘yicha ish rejalar ishlab chiqildi. Bunda ish faoliyati har hisobot davrida auditdan o‘tkazilib, sifatga ta’sir qiluvchi omillar bartaraf qilib boriladi.

To‘rtinchidan, an’anaviy tarzda hisobotdagi ko‘rsatkichlarni miqdoridan kelib chiqib baholashdan voz kechilib, har bir soha bo‘yicha alohida maqsadli mezonlar belgilab olindi va ushbu mezonlar bajarilganiga qarab baholash tizimi joriy qilindi.

Masalan, standart talablari bo‘yicha sifat mezoni sifatida murojaatlar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar soni emas, balki murojaat qiluvchilarning talablari qanoatlantirilib, aniq choralar ko‘rilgan murojaatlar soni; nazorat qilish funksiyalari bo‘yicha o‘rganishlar soni emas, balki aniqlangan qonunbuzilishlar bartaraf qilinganlari soni; qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar soni emas, balki aniq muammolarni yechishga qaratilgan va qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar soni mezon sifatida olindi.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning amaliy natijasida adliya organlari va muassasalarida keraksiz hisobot ko‘rsatkichlarining ortidan quvish emas, balki yuridik va jismoniy shaxslar, xususan, fuqarolarning aniq qonuniy huquqlarini tiklash bo‘yicha ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratilmoqda. Qonunchilik hujjatlariga tahririy va amaliy jihatdan ahamiyatsiz takliflar o‘rniga aholi va tadbirkorlarning og‘irini yengil qiluvchi hamda ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bekor qiluvchi takliflar taqdim qilinishiga erishildi.

Bu boradagi kompleks ishlar hali davom etmoqda. Xulosa sifatida aytish mumkinki, Adliya vazirligining faoliyati samaradorligi va sifatini oshirish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari to‘liq ta’minlanishiga harakat qilinmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari asosida insonparvar qonun hujjatlari ishlab chiqilishiga erishish ustuvor maqsad qilib olingan.

Manba: O'zA

Поделиться