O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

SHHTga aʼzo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi onlayn shaklda o‘tkaziladi

2021-08-10 | Siyosat

Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining oltinchi yig‘ilishi 12-avgust kuni Dushanbe shahrida onlayn shaklda o‘tkaziladi.

Tojikistonning “Xovar” milliy axborot agentligi manbasiga ko‘ra, yig‘ilishda SHHTga aʼzo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya, fitosanitar va o‘simliklar karantini tuzilmalari rahbarlari ishtirok etadi.

Anjuman doirasida SHHTning qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston 2020-2021 yillarda SHHTga raislik qilmoqda va 6 avgust kuni tashkilotga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining 8-yig‘ilishi ham videokonferensiya shaklida o‘tkazildi.

SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining sentyabr oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishidan so‘ng 2021-2022 yillardagi tashkilot raisligi O‘zbekistonga o‘tishi kutilmoqda.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться