O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiy nochor korxonalarni sog‘lomlashtirish choralari keng qo‘llaniladi

2021-08-09 | Sog‘liqni saqlash

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari kuchaytirilmoqda. Bunda hukumat zimmasiga suv xo‘jaligini rivojlantirish, suvni oqilona boshqarish, suvdan samarali foydalanish, suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish va suvga doir boshqa dasturlarni tasdiqlash, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibini tasdiqlash masalalari yuklatilmoqda. 

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga suv iste’molchilari uyushmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, ularning ko‘rsatgan suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlarning undirilishida hamda sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash hamda aholi tomorqa yerlariga suv yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish masalasi belgilanmoqda.

Shu bilan birga suvni iste’mol qilish qoidalari buzilgan, suv maqsadsiz iste’mol qilinganda hamda limitdan ortiqcha suv olinganda suv iste’molchilariga suv berishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga yoki suvni iste’mol qilish huquqini bekor qilish masalalari qonun loyihasiga kiritilmoqda.

Deputatlar loyihada o‘z aksini topgan alohida ahamiyat kasb etadigan suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa strategik suv xo‘jaligi ob’ektlaridan tashqari suv ob’ektlari yoki ularning qismlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat-xususiy sherikligi tamoyillari hamda boshqa shartlarda foydalanishga berilishi mumkinligi kiritilayotganini e’tirof etib, bunda suv omborlari, sel-suv omborlari hamda strategik davlat suv xo‘jaligi obektlarini xususiylashtirilmaslikni belgilash masalasini qo‘llab quvvatlashdi.

Shuningdek, bugungi zamon talablaridan kelib chiqqan holda suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari qatoriga raqamli texnologiyalarni joriy qilish masalalaridagi normalarni ham mustahkamlab qo‘yish takliflari ilgari surildi.

Fraksiya a’zolari loyihada suv ob’ektlaridan sanoat maqsadlarida va energetika ehtiyojlari uchun foydalanuvchilarga atom energetikasi ham kiritilib, ularning majburiyatlariga suvlarning radioaktiv ifloslanishini belgilangan meyorlardan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik shartligi belgilanayotganini ijobiy baholashdi. Chunki ayrim sanoat korxonalari suv resurslaridan foydalanishda o‘z manfaatlari yo‘lida tabiatga ortiqcha zarar yetkazayotganlik holatlari ko‘p kuzatilayotganligi barchamizga ma’lum.  

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.  

Mazkur loyihaning qabul qilinishi natijasida to‘lovga qobiliyatsizlikning sog‘lomlashtirish taomillari orqali iqtisodiy nochor korxonalarni sog‘lomlashtirish choralari keng qo‘llanilishiga sharoit yaratiladi, to‘lovga qobiliyatsizlikning sog‘lomlashtirish taomillari qo‘llanilgan korxonalarda joriy soliq to‘lovlarini to‘lash to‘xtatiladi, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda qarzdor rahbar va boshqa shaxslarning javobgarligi kuchaytiriladi, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda qarzdor tuzgan bitimlardan bosh tortish, ularning haqiqiy emasligi shartlari tartibga solinishi belgilanmoqda.  

Deputatlar aytib o‘tganidek, loyihaning yana bir ahamiyatli jihati, sud boshqaruvchilari o‘z majburiyatlarini bajarishda qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘lib, ular faoliyati natijalari rag‘batlantiriladi, shu bilan birga jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi hamda ulush kiritish asosida quruvchilarning to‘lovga qobiliyatsizligi amaliyoti joriy etiladi.

Manba: O'zA

Поделиться