O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bugun SHHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining onlayn-muloqoti bo‘lib o‘tadi
2021-08-06 | Siyosat
Bugun Dushanbe shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar adliya vazirlarining sakkizinchi yig‘ilishi onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi.
Tojikistonning «Xovar» Milliy axborot agentligi manbasiga ko‘ra, SHHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi Tojikistonning 2020-2021-yillarda SHHTga raislik davridagi harakatlar rejasi asosida tashkil etilmoqda. Majlisda SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida huquq va adliya sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga doir masalalar ko‘rib chiqiladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi