O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Flynas aviakompaniyasi Ar Riyod - Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

2021-08-06 | Xavfsizlik sohasi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Flynas” aviakompaniyasining Ar Riyod - Toshkent yo‘nalishidagi ilk reysi tantanali ravishda kutib olindi.

 

Shunday qilib, mamlakatimizga muntazam parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar soni yana bittaga ortdi. Eslatib o‘tamiz, “Flynas” aviakompaniyasiga 2021- yilning 25- iyun kuni O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan edi. Joriy yilning 3- avgust kuni esa aviakompaniyaning parvozlar jadvali tasdiqlangan.

Tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq aviakomniya 5- avgustdan 2- sentabrgacha Ar Riyod – Toshkent - Ar Riyod yo‘nalishida haftada bir marta payshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.

Sentabr oyidan boshlab esa aviakompaniya parvozlar sonini haftasiga uch martaga yetkazishi rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться