O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonning Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan hamkorligining borishi muhokama qilindi
2021-08-06 | Iqtisodiyot
Turkmanistonda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari Rahbarlarining 3-Maslahat uchrashuvi davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Sklyar va Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri A.Japarov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida hamkorlikning bugungi holati, mavjud kelishuvlarning amalga oshirilishi, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha munosabatlarni chuqurlashtirish borasida navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi