O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

COVID-19ga qarshi vaksinalar sohasida hamkorlik bo‘yicha xalqaro forumda O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi

2021-08-06 | Sog‘liqni saqlash

Kecha COVID-19ga qarshi vaksinalar sohasida hamkorlik bo‘yicha xalqaro forum videokonferensiya shaklida o‘tkazildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA muxbiri.

XXR Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan tashkil etilgan va Xitoy Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I raislik qilgan ushbu forumda turli mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, BMT, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti,  Vaksinalar va immunizatsiya bo'yicha global alyans, Epidemiyaga tayyorgarlikni ta’minlash bo‘yicha innovatsiyalar koalitsiyasi yetakchilari, shuningdek, vaksina ishlab chiqaruvchilar qatnashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Anjuman ishtirokchilari COVID-19 vaksinalarining global jamoatchilik manfaati sifatida muhimligini ta’kidlash barobarida,  barcha tomonlarni vaksinalarni yanada qulay va arzonlashtirish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.  Vaksinatsiya jarayonida hukumatlar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarga vaksinalarni ajratishga qaratilgan sa’y-harakatlar muhimligi qayd etildi.

COVID-19ga qarshi emlash bo‘yicha global vaksinani ishlab chiqarishni keng targ‘ib qilish,  ishlab chiqarish salohiyatini oshirish uchun samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish, vaksina xaridlari va ishlab chiqarish uchun moliyaviy institutlar ko‘magi zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatimizda aholining yuqori sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlariga, shuningdek, samarali dori-darmon va vaksinalarga bo‘lgan talabini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etdi. Ommaviy emlash va butun mamlakat aholisi uchun vaksinadan teng foydalanishni ta’minlash, koronavirus infeksiyasiga qarshi jamoaviy himoyani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ma’lum qilindi.

Kompaniyalar va barcha manfaatdor tomonlarni jalb qilish va vaksinalarni ishlab chiqarish hamda tarqatish hajmini ko‘paytirish, arzon tarqatishni birgalikda rag‘batlantirish  va butun dunyo bo‘ylab mahalliy vaksinalar ishlab chiqarishni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi sa’y-harakatlarda ularning ishtirokini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birgalikdagi harakatlar tasdiqlandi.
Xalqaro anjuman yakunida vaksinalar sohasidagi hamkorlik bo‘yicha xalqaro forumning Qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi.

Unda ishtirokchilar COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash, COVID-19ga qarshi emlashda birdamlik va hamkorlik muhimligini qayd etdi. Shuningdek, deklaratsiyada global jamoat farovonligi sifatida mamlakatlarni vaksinalarni tadqiq qilish va ishlab chiqish, shuningdek, JSSTning qat’iy standartlari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilishga da’vat etildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться