O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Maxsus vakili bilan uchrashuv
2021-08-06 | Siyosat
2021-yil 5-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Yue Syaoyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xitoy vakili tomonidan Toshkent shahrida mintaqaviy bog‘liqlik bo‘yicha yaqinda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya natijalari yuksak baholandi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu yuqori darajadagi xalqaro anjumanni o‘tkazish bo‘yicha tashabbusi nihoyatda muhim bo‘lib, tadbir kun tartibidan dolzarb masalalar o‘rin olgani eʼtirof etildi.
Uchrashuvda tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyat hamda uning rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar, mamlakatdagi tinchlik jarayoniga birgalikda ko‘maklash masalalarini ko‘rib chiqdilar. O‘zbekiston va Xitoy ko‘p yillardan beri davom etib kelayotgan ixtilofni hal qilish bo‘yicha xalqaro hamjamiyatning saʼy-haarakatlarini jipslashtirishga alohida eʼtibor qaratishlari taʼkidlandi.
O‘zbekiston va Xitoyning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki tomonlama hamda xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Doha platformasi va ShHT-Afg‘oniston Muloqot guruhi doirasidagi hamkorligini davom ettirish lozimligi qayd etildi.
Mintaqa davlatlarining afg‘on inqiroziga nisbatan yakdil yondoshuvlarga amal qilishi, afg‘on xalqiga keng ko‘lamli iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishi zarurligi taʼkidlandi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi