O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

2021-08-06 | Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mamlakatimiz yetakchisi Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi yuqori darajada tashkil etilganini, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda bu yana bir muhim bosqich bo‘lishini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, mintaqaviy va xalqaro darajadagi aloqalarni muhokama qildilar.

Davlat rahbarlari pandemiyaning qiyin davriga qaramay, O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda avval erishilgan kelishuvlarning bajarilish holati ko‘rib chiqildi. Ijobiy o‘sish sur’atlarni davom ettirish uchun yangi loyihalar ishlab chiqish, chegaradosh hududlar va ishbilarmonlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish kerakligi ta’kidlandi.

Transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, Janubiy Osiyo va Janubiy Kavkaz yo‘laklari orqali yangi tashqi bozorlarga chiqish, shu jumladan Ashxobod bitimiga muvofiq xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqotda bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. Hamkorlikning yangi “o‘sish nuqtalari”ni topish, samarali loyiha va shartnomalar tayyorlash uchun yaqin vaqtlarda Hukumatlararo komissiyasi va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.  

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklik munosabatlarini xalqlarimiz farovonligi yo‘lida o‘zaro ishonch va hurmat tamoyillari asosida izchil mustahkamlab borish borasida qat’iy ekanliklarini ta’kidladilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться