O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

UNESKO Jahon merosi qo‘mitasining 44-sessiyasida O‘zbekiston uchun ijobiy qarorlar qabul qilindi

2021-08-05 | Turizm

16-31-iyul kunlari Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi UNESKO Jahon merosi qo‘mitasi (JMQ)ning kengaytirilgan 44-sessiyasi ishida onlayn ishtirok etdi. Tadbir Xitoyning Fuchjou shahrida “gibrid” rejimida bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiya tomonidan butunjahon madaniy merosi obyektlari hisoblangan “Shahrisabzning tarixiy markazi”, “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi”, “Buxoroning tarixiy markazi” va Xivadagi “Ichan-qalʼa”, shuningdek O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ishtirokidagi ko‘pmillatli tabiiy meros obyekti bo‘lmish “G‘arbiy Tyan-Shan” bo‘yicha  O‘zbekiston uchun ijobiy qarorlar qabul qilinishi taʼminlandi.

Sessiya doirasidagi barcha qarorlar Jahon merosi qo‘mitasiga aʼzo davlatlarning O‘zbekiston pozitsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi bilan ovoz berish jarayonisiz qabul qilindi. Bu so‘nggi yilda O‘zbekiston Prezidentining mamlakat madaniy merosini muhofaza qilish yo‘lidagi saʼy-harakatlari doirasida UNESKO rahbariyati, Jahon merosi markazi (JMM) hamda konsultativ tashkilotlar (IKOMOS, ICCROM) bilan tizimli va samarali ravishda olib borilgan mehnat mahsulidir. Ushbu masala shuningdek joriy yilning 20-may kuni UNESKO bosh direktori Odri Azulening Venetsiya arxitektura biyenallesidagi milliy pavilyonimizning ochilish marosimidagi ishtiroki davomida ham muhokama qilingan.

Sessiya yakuniga ko‘ra, UNESKO 2020-yilning aksar qismida hukm surgan qatʼiy karantin cheklovlari sharoitida O‘zbekiston tomondan barcha vazifalarni amalga oshirish uchun ko‘proq vaqt talab etilishini inobatga olgan holda, “Shahrisabz tarixiy markazi” obyektini tiklash bo‘yicha vazifalar ijrosi muddatini yana bir yilga uzaytirdi.
Qarorlarda O‘zbekiston Respublikasiga shaharlar bosh rejasi va obyektlar boshqaruvi kompleks rejalarini tayyorlash hamda vakolatli tashkilotlarning tavsiyalariga amal qilishga doir alohida chorlovlar kiritilgan.

Sessiya davomida shuningdek O‘zbekistonning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritish uchun taklif qilingan obyektlari bo‘yicha yangilangan ro‘yxat tasdiqlandi. Dastlabki ro‘yxat respublika bo‘ylab joylashgan 32 madaniy, tabiiy va madaniy-tabiiy (aralash) meros obyektini o‘z ichiga olgan, bu mintaqaning boshqa davlatlariga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Maʼlumot uchun: Rossiyada bu ko‘rsatkich – 28, Ukrainada – 17, Tojikistonda – 17, Qozog‘istonda – 14, Turkmanistonda – 10 ta, Ozarboyjonda – 10 ta, Armanistonda – 4 ta va Qirg‘izistonda 2 tani tashkil qiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться