O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlar Mahkamasida tegishli tayinlovlar amalga oshirildi

2021-08-05 | Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori hamda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi hamda apparati tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari – Turizm va sportni rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri etib;

Alisher Mirkamalovich Nazarmuxamedov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Madaniyat va san’atni rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri etib;

Shaxobiddin Sharafiddinovich Musayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri etib tayinlandi.

Shuningdek, Sherzod Abdurasulovich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimga tayinlandi.

Manba: O'zA

Поделиться