O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muhandislar bellashuvi qizg‘in pallaga kirdi

2021-08-05 | Xavfsizlik sohasi

Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ poligonida “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik tanlovining “Xavfsiz marshrut” hamda “Muhandislik formulasi” yo‘nalishida Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi harbiy muhandislar o‘zaro bellashishmoqda.

“Xavfsiz marshrut” yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy , Toshkent, Sharqiy hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi o‘zaro bellashayotgan bo‘lsa, “Muhandislik formulasi ” bo‘yicha esa, Markaziy, Sharqiy hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi jamoalari ishtirok etishmoqda. 

“Xavfsiz marshrut” musobaqasi nizomiga asosan jamoalar to‘rt hisobda bellashuvlarni amalga oshirishmoqda. Bunda MRD (muhandislik razvedka dozori hisobi, muhandislik razvedka ishlarini amalga oshiradi), “TMM-3” (og‘ir mexanizasiyalashtirilgan ko‘prik hisobi, ko‘prik o‘rnatadi), “BAT-2” hisobi (kolonna yo‘llarini qayta tiklash ishlarini olib boradi) , “IMR-2” hisobi (vayronalarni bartaraf etib yo‘lak ochadi). “Muhandislik formulasi” musobaqasida harbiy xizmatchilar 6 ta texnika bilan 3 km bo‘lgan halqa yo‘lagida estafeta tarzida harakatalanib, texnikalarning xususiyati bo‘yicha vazifalar bajarishmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться