O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navbatdagi sayyor qabul Andijonda o‘tkazildi

2021-08-05 | Ekologiya

Mutasaddilarning aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi hududlarda mavjud kamchilik va nuqsonlarni o‘sha joyning o‘zida qisqa muddatda bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan vazirlik va idoralar rahbarlari viloyatlarda sayyor qabullar uyushtirmoqda.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maksudovning Andijon tumanida o‘tkazgan sayyor qabulida ko‘rib chiqilgan masalalar qamrovi kengligi bilan tadbirda bevosita qatnashgan jurnalistlarning diqqatini tortdi.

Mahalla raislari, ziyolilar Andijonning yashillik olamini yanada boyitish bo‘yicha jo‘yali fikr-mulohazalarini ham bildirdilar. Soha faxriylarining «Ekologiya fidoyisi» ko‘krak nishonini ta’sis etish xususidagi taklifi ham yig‘ilganlarga ma’qul bo‘ldi.

Qabul davomida kelib tushgan 20 ga yaqin murojaatning aksariyati joyida hal etildi. Ayrim masalalarni chuqur o‘rganish orqali yechim topish maqsadida soha mutaxassilaridan iborat Ishchi guruhlari tuzildi. Ular faoliyatining yakuniy xulosalari bir haftadan keyin murojaatchilarga ma’lum qilinadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться