O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkmaniston ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlamoqda

2021-08-05 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri R.Meredov bilan uchrashdi.

Kun tartibi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati tahlil etildi, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
 
Tomonlar qo‘yilgan vazifalarni tezkorlik bilan hal etish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirish uchun konstruktiv muloqotni rivojlantirish maqsadga muvofiqligini ta'kidladilar.
 
Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 3 Maslahat uchrashuviga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqildi. Ushbu tadbir mintaqaning barqaror rivojlanishiga qaratilgan muhim va keskin rivojlanishga qaratilgan kelishuvlarga erishish uchun platforma bo‘lishga mo‘ljallangani alohida ta'kidlandi.
 
Ikki mamlakat o‘zaro hamkorlik qilishining yuksak salohiyatini hisobga olgan holda, tomonlar savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston va Turkmaniston Hukumatlararo komissiyasining yaqin kelajakda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilishining dolzarbligini qayd etdilar.
 
Shu nuqtai nazardan, mavjud masalalar ustida ishlash hamda investisiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, transport, moliyaviy va mintaqalararo hamkorlik, ilm-fan, ta'lim va madaniyat sohalarida tegishli kelishuvlar tayyorlanishini maromiga yetkazish maqsadida ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari darajasida videokonferensiya orqali ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.
 
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama munosabatlarning boshqa masalalari bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi va ularni amalga oshirishga doir o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish yo‘llari belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться