O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘onada 548 ta bojxona qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

2021-08-02 | Xavfsizlik sohasi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida noqonuniy tovar-moddiy boyliklarni olib kirish yo‘nalishida 548 ta bojxona qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, ular bo‘yicha 23,3 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ushlab qolingan.

Aniqlangan huquqbuzarlik holatlarning 27 tasi yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, 521 tasi bo‘yicha ma’muriy ishlar yuritilib, mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sud idoralariga yuborilgan. Bu haqida Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i, bojxona xizmati polkovnigi Ixvoljon Azimov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Bojxona organlari tomonidan respublikamizda “yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish va tovarlarning noqonuniy harakatini oldini olish borasida qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning fevral oyida bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumot asosida Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi jamiyat nomiga Xitoy davlatidan import qilingan tovarlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda xujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 1 milliard 241 million so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlari borligi aniqlangan.

Dang‘ara tumanida joylashgan jamiyat nomiga Hindiston davlatidan qiymati 230 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan texnologik uskunalar olib kelinib, bojxona to‘lovlaridan 396,27 million so‘m imtiyoz qo‘llanilgan holda erkin muomalaga chiqarilgan. Biroq Hindiston davlatidan olingan ma’lumotda yuqoridagi uskunalarning texnik xususiyatlari va ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlovchi hujjatlar qalbaki ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Kontrabanda ashyolarining noqonuniy harakatining oldini olish borasida giyohvandlik moddalardan 433,17 gramm opiy, 383,35 gramm “marixuana”, 2 tup “kannabis”, 2,01 gramm giyohvandlik o‘simligi urug‘i va 38 tabletka “Tramadol” nomli giyohvandlik vositasi, kuchli ta’sir qiluvchi 5 flakon “Tropikamid” va 9 kapsula “Regapen” dori vositalari, 135 dona psixotrop moddalar aniqlangan.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Manba: O'zA

Поделиться