O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o'qituvchi va talabalari Oracle Academy kurslarida o‘qishlari mumkin

2021-08-02 | Ta’lim

Toshkent shahridagi Inha universiteti Oracle kompaniyasi bilan birgalikda o‘z professor-o'qituvchi va talabalari uchun Oracle Academy kurslarida bepul ta’lim olish imkonini yaratib berdi.

Oracle Academy kurslari IT sohasida professional ta’lim olishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari bo‘lib, IT bozorida jahondagi yetuk kompaniyalaridan biri – Oracle tomonidan tashkil etilgan. Oracle Academy o‘quv dasturi tinglovchilarga AKT sohasidagi dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishga imkon beradi.

Oracle Academy kurslari doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o'qituvchi va talabalari quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha o‘ishlari mumkin:

  • Java dasturlash;
  • ma'lumotlar bazalarini loyihalashtirish va ular bilan ishlash;
  • Oracle Primavera yordamida loyihalarni boshqarish.
     

Kurslar haqida batafsil ma'lumot quydagi havola orqali olishingiz mumkin: https://academy.oracle.com/ru/solutions-curriculum.html

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться