O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termizda “Janub – 2021” O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma o‘quvlariga start berildi

2021-08-02 | Xavfsizlik sohasi

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirliklari tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi harbiy maqsadga mo‘ljallangan hamkorlik rejasiga muvofiq joriy yilning 30-iyulidan 8- avgustiga qadar “Termiz” okrug dala o‘quv maydonida birgalikdagi O‘zbekiston va Rossiya o‘quvi o‘tkazilmoqda.

2-avgust kuni “Termiz” poligonida “Janub – 2021” O‘zbekiston–Rossiya qo‘shma o‘quvining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

O‘quvning asosiy maqsadi ikki davlat harbiy boshqaruv organlarining hamkorlik tizimini takomillashtirish, xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan tajriba almashish kabilardan iborat.

O‘quvning tantanali ochilishida O‘zbekiston Respublikami mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Qodirjon Tursunov va Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari general-mayor Nikolay Tereenko co‘zga chiqib, o‘zaro hamkorlikning muhim jihatlari va o‘quvdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar yuzasidan to‘xtalib o‘tishdi.

Kuni kecha o‘quv-yig‘in ishtirokchilari rejaga muvofiq viloyatning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdi. Xususan, Arxeologiya davlat muzeyi, surxon etnomadaniyatini o‘zida aks ettirgan majmualar barchada katta taassurot qoldirdi.

Manba: O'zA

Поделиться