O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida onlayn-NKM va virtual kassa orqali amalga oshirilgan realizasiyalar uchun «Mening mahsulotlarim» bo‘limi yaratildi

2021-08-02 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi «Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 249-sonli qarori bilan mahsulotlarning (tovarlar va xizmatlarning) yagona elektron milliy katalogi tasdiqlandi.

Mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining «Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta'minlash chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida (1-ilova 7-band) mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi bo‘yicha identifikasiyalash kodi, mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) shtrix kodi va boshqa tegishli ma'lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, fiskal ma'lumotlar operatoriga yuboriladigan chekdagi tovarlar va xizmatlar kodlari (ular mavjud bo‘lgan hollarda) xalqaro «GS1» yoki boshqa global tizimlar asosida yuritiladigan raqamlar bilan bir xil bo‘lishi hamda tovarlar va xizmatlarning identifikasiya kodlari fiskal ma'lumotlar operatoriga yuborilishi lozimligi belgilangan.
 
Onlayn-NKM va virtual kassa cheklari summasini tahrirlash va tiklash jarayonida 17 ta raqamli mahsulot va xizmatlar identifikasiya kodlarini chek ma'lumotlarida aks ettirish maqsadida soliq to‘lovchining (my.soliq.uz) shaxsiy kabinetida onlayn-NKM va virtual kassa orqali amalga oshirilgan realizasiyalar uchun «Mening mahsulotlarim» bo‘limi yaratildi.
 
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun:
 
1. my.soliq.uz portalida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti «YuSh onlayn-NKM va virtual kassa ma'lumotlari» bo‘limiga kiriladi
2. «Mening mahsulotlarim» bo‘limi (menyusi)ga o‘tiladi.
3. Ushbu bo‘limda mahsulot (xizmat)ning nomi yoki kodi tanlanadi va menyuga qo‘shiladi. 
 
(Eslatma: xato qo‘shilgan mahsulot (xizmat)ning nomi yoki kodini o‘chirish mumkin)

4. Mahsulot (xizmat)ning nomi yoki kodi muvaffaqiyatli saqlangandan so‘ng «Tahrirlash» va «Chekni tiklash» menyularida «Mahsulotlar va xizmatlar identifikasiya kodi (MXIK) ma'lumoti aks ettiriladi».

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Поделиться