O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT Vaziri yuksak mukofot bilan tabrikladi
2021-08-02 | Jamiyat
Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq bir guruh yurtdoshlarimiz mukofotlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Pekos Oleg Andreyevich – O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandilar.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlangan AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekosni samimiy muborakbod etdi.
- Bugungi kunda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida eng ustuvor vazifalaridan biridir. Bu borada Oleg Andreyevich va Vazirlik jamoasi tomonidan raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishga qo‘shilgan hissasi muhim ahamiyatga ega, - deb ta’kidladi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi