O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mehribonlik uyida yangicha tizim tashkil etildi

2021-08-02 | Jamiyat

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik B.Saitdjanov mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda 32-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining holidan xabar oldi.

Uchrashuvda bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ularni Milliy gvardiyaning harbiy qismlari, poligonlari, chavandozlar maktablariga olib chiqib, harbiy texnikadan foydalanish, ot sportiga o‘rgatishni tashkil etish borasida chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, bolalarga tarbiya berish, ularni fan, IT-texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, sportning nufuzli turlari bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi uslublarini ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.  

Davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan so‘ng Mehribonlik uyi yigit-qizlaridan tashkil topgan har bir guruhga Milliy gvardiyaning malakali ofitser va psixologlari biriktirildi. Bolalar bilan yakka va jamoaviy suhbatlar tashkil etildi. Bu orqali, bolalarning kelgusi hayotida yuksak marralarni zabt etishi uchun ishonch uyg‘otildi.  

Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qiziquvchan yoshlar ot sporti bilan shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ldi. Bu esa, albatta ularning kelgusida sog‘lom, jismonan tetik, qo‘rqmas bo‘lishida hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchni ortishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

–Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan ishlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga bir qator vazifalar belgilab berildi, –deydi Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi ofitseri katta leytenant Murodjon Rahmatulloyev. – Xususan, Prezident sohada ishlar qoniqarsiz ekanligini va yangi tizim joriy qilinishi kerakligini bildirib, bu ishlarga Milliy gvardiya mas’ul ekanligini ta’kidladi.

Bu borada 32-Mehribonlik uyida ham yangi tizimda amalga oshiriladigan ishlar belgilib olindi. Bolajaonlarning har biri bilan ishlash tizimi yaratildi. Davlat rahbari yaratib bergan tizim albatta o‘zining samarasini beradi.

Manba: O'zA

Поделиться