O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korxona va tashkilotlar diqqatiga!!!

2021-07-30 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 202-son qarori 15-iyuldan kuchga kirdi.

Mazkur hujjat doirasida "ifloslantiruvchi to‘laydi" tamoyili asosida, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar uchun belgilangan bazaviy stavkalar, agarda korxona va tashkilotlarda chang-gaz tozalash uskunalarining samaradorligi past bo‘lgan yoki umuman o‘rnatilmagan taqdirda, shuningdek tashlanmalarning belgilangan meyorlardan ortiqcha tashlanayotgan hollarida to‘lov miqdori oldingiga nisbatan yuqori holda hisoblanadi.
 
Shu o‘rinda, barcha tadbirkorlik sub'ektlari rahbarlariga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida tashlanmalarning meyor darajasida bo‘lishiga qat'iy e'tibor qaratishlari so‘raladi.
 
Eslatib o‘tamiz!!! Mazkur qaror bo‘yicha hisobotlar joriy yilning 3-choragi yakuni bilan qabul qilinadi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться