O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Zamonaviy maktab” loyihasi g‘oliblari taqdirlandi

2021-07-30 | Jamiyat

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 191-umumta’lim maktabida Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim inspeksiyasi tashabbusi bilan “Zamonaviy maktab” loyihasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirlik mutasaddilari, Ta’lim inspeksiya vakillari, maktab direktorlari va loyiha g‘oliblari ishtirok etdi.  

 Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda Ofsted va Jahon banki ekspertlarini jalb qilgan holda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yilgan talablar, baholash tartibi va baholash metodikasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, respublikaning turli hududlarida joylashgan 11 ta umumta’lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida baholanib, “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar va baholash tartibi takomillashtirildi.  

 - “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar 4 ta soha, jumladan, malakali mutaxassislar hamda adabiyotlar bilan ta’minlanganligi, ta’lim va tarbiya jarayoni, umumta’lim muassasasini boshqarish, moddiy-texnik bazasi, infrastrukturasi va jihozlash me’yoriga asosan jihozlanganlik holati bo‘yicha baholanadi, - deydi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov. – Shuningdek, bu loyihada g‘olib bo‘lgan maktablar 3 yil davomida turli tekshiruv va attestatsiyadan ozod etiladi va ularning tajribasi ommalashtiriladi. Bu orqali “qizil” toifadagi ko‘rsatkichi past bo‘lgan maktablarda ham ta’lim jarayoni, pedagoglarning mahorati va o‘quvchilarning fan olimpiadalardagi ishtiroki ijobiy tarafga o‘zgarishiga asos bo‘ladi. Yuqoridagi mezonlar asosida loyihada ishtirok etayotgan maktablarni baholash ishlarini tashkillashtirish vazirlik huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiyalar markazi” DUKga yuklatilgan. bugungi kunda markaz tomonidan 42 ta maktab “Zamonaviy maktab” loyihasi talablari asosida baholandi.  

 - Bu loyiha birinchi marta yo‘lga qo‘yildi va ilk ishtirokchi maktab sifatida boshida biroz muammolarga duch keldik. Vazirlik mutasaddilari tomonidan joylarda seminar-treninglar tashkil etildi. Avvalo, “Zamonaviy maktab” nima degani? Faqat tashqi ko‘rinishi zamonaviy, shinam xonalari mavjud maktab emas, balki pedagog-o‘qituvchilarining malaka-toifalari, o‘quvchilarning erishgan muvaffaqiyatlari, bitiruvchilarning OTMlarga kirishi yoki bandligini ta’minlash yuzasidan yuqori natijalarga erishgan maktablar bu nomga sazovor bo‘la oladi, - deydi loyiha g‘oliblaridan biri, Navoiy shahridagi 7-umumta’lim maktabi direktori Dilara Tuxfatullina.  

 Natijalarga ko‘ra, 1 ta maktab 2 darajali “Zamonaviy maktab” maqomini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana 7 ta maktab 3 darajali “Zamonaviy maktab”, deya e’tirof etildi. Loyiha g‘oliblari vazirlik tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Manba: O'zA

Поделиться