“Elektr energiyasi va gaz ta'minoti”: 29-iyul kuni respublika miqyosida amalga oshirilgan ishlar — ayrim hududlar misolida
Iste'molchilarni elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlash sifatini oshirish maqsadida olib borilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari: 29-iyul' kuni amalga oshirilgan ishlar — ayrim hududlar misolida.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida G‘allaorol tumanidagi “Baxt” MFY hamda Zarbdor tumanidagi “Ravot” MFY hududida temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatish, Arnasoy tumanining “Tinchlik” MFY hududida elektr uzatish tarmoqlarini tortish hamda transformator punktidan kuchlanish berishga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Bundan tashqari Paxtakor tumanidagi “Bog‘ishamol” va “Paxtakor” QFY hududlarida 160 kVAli yangi transformator punktini ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Payariq tumani “Baxrin” mahallasiga qo‘shimcha sifatida 160 kV quvvatli transformator o‘rnatildi. Xizmat vazifasini o‘tab bo‘lgan 63 ta eski simyog‘ochlar temir-beton tayanchlarga almashtirilib, yangi elektr uzatish tarmog‘i tortildi. “Taraqqiyot” mahallasida ham 58 ta yangi temir-beton tayanchlar va 160 kVli qo‘shimcha transformator o‘rnatildi. Dastur bo‘yicha bu mahallalarga yana 54 ta yangi tayanch o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Qiziltepa tumanidagi “Demas” mahallasida mavjud transformatorga qo‘shimcha ravishda 1 ta yangi transformator o‘rnatilib, 8 km uzunlikda elektr uzatish tarmog‘i tortildi. Bundan tashqari 120 ta yangi elektr ustunlari o‘rnatildi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Qiziltepa tumanidagi “Demas” mahallasida mavjud transformatorga qo‘shimcha ravishda 1 ta yangi transformator o‘rnatilib, 8 km uzunlikda elektr uzatish tarmog‘i tortildi. Bundan tashqari 120 ta yangi elektr ustunlari o‘rnatildi.
Pop tumanidagi Qo‘shtepa va Yakkatut mahallalari “Obod qishloq” dasturi asosida Qo‘shtepa va Yakkatut mahalla fuqarolar yig‘inlari kiritilgan bo‘lib, hozirda mazkur mahallalarda dastur asosida to‘liq ishlar yakuniga yetdi. Qo‘shtepa mahallasiga, umumiy 3,4 km masofaga yangi tarmoq tortish ishlari bajarildi. 96 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilib, qo‘shimcha quvvati 250 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rnatilib montaj qilindi. Yakkatut mahallasiga, umumiy 2,1 km masofaga yangi tarmoq tortish ishlari bajarildi. 59 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilib, qo‘shimcha quvvati 250 kVA hamda 400 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rnatilib montaj qilindi.
Bo‘stonliq tumanida modernizasiya va rekonstruksiya qilish, nimstansiyalar va transformator punktlarini mukammal hamda joriy ta'mirlash ishlari doirasida XL-35 kVlik “L-SIJJAK-1” podstansiyasi ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Toshkent shahrining Sergeli tumanida Davlat dasturlari asosida ishlar jadal sur'atlarda davom ettirilmoqda. Hududdagi “Yo‘ldosh-8” mavzesi “Yo‘ldosh” MFYdagi 2841-sonli transformator nimstansiyasida, shuningdek, Uchtepa tumanidagi Chilonzor 23-mavze, “Tinchlikobod” MFYdagi 1832-sonli transformator nimstansiyasida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Poytaxtdagi 616 799 nafar iste'molchining 43 8512 tasi ko‘p qavatli, 178 287 tasi esa yerli aholi xonadoni hisoblanadi. Hozirgi kunda Toshkent shahrida aholi iste'molchilari xonadonlariga 114 962 ta “aqlli” hisobdon o‘rnatildi. Shundan, 108 269 tasi “Billing Gaz” dasturiga ulandi. 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalofat o‘tkazish, shuningdek, tabiiy gaz iste'molchilari xavfsizligini ta'minlash maqsadida, Yangi Hayot tumanidagi mahallalarda zulfin va gaz kuvurlari ko‘rikdan o‘tkazilib, mavsumga tayyorlanmoqda.
2021-yilning birinchi yarmida Andijon viloyatidagi 2 978 ta tabiiy gaz iste'molchilari xonadoniga zamonaviy energiya tejamkor gaz uskunalari o‘rnatildi.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi