O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan onlayn tadbir

2021-07-30 | Xavfsizlik sohasi

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Jizzax, Samarqand hamda Navoiy garnizonilari o‘rtasida onlayn tarzda profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida harbiy xizmatchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, harbiy xizmat o‘tashning xavfsiz sharoitlarini yaratish, harbiy intizom va huquq-tartibotni yanada mustahkamlash maqsadida garnizonlardagi harbiy prokuratura vakillari ishtirokida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishga mas'ul mansabdor shaxslar, harbiy qism va muassasalarda sodir bo‘lgan jarohatlanish va baxtsiz hodisalarni oldini olish komissiyasi raislari va a'zolarining huquqiy savodxonligi oshirildi.
 
Tadbir doirasida harbiy prokuratura hodimlari tomonidan 3 ta garnizonlarda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan bog‘liq tekshiruv va surishtiruv jarayonlarida to‘plangan xujjatlardagi kamchilik va xatolar xususida “Ehtiyotkor va sergak harbiy xizmatchi – har doim xavf-xatardan yiroqda” hamda “Har bir jinoyat uchun jazo muqarror” kabi mavzu bo‘yicha ma'ruzalar qilindi. 
Shuningdek, hududlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan huqubuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish bo‘yicha onlayn tarzda o‘zaro tajriba almashildi.
 
Tadbir doirasida okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassalarda yo‘l tranport hodisalarining oldini olish hamda diniy masalalar borasida ham tegishli tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться