O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtiruvchi markazi direktori bilan uchrashuv
2021-07-29 | Siyosat
2021-yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G’ayrat Fozilov Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi (MOMAMM) direktori Rustam Miralizodani qabul qildi.
Suhbat chog‘ida tomonlar mintaqada giyohvand moddalarning qonunga xilof ravishda aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari va qo‘shma chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yo‘llarini muhokama qildilar.
MOMAMM direktori O‘zbekistonda giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarni, mamlakatimizning Markazga a’zo boshqa davlatlar bilan samarali hamkorligini yuqori baholadi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi